Tender savdolarida raqobatga zid holat aniqlangan

    Ishtirokchilar o'rtasida affillanganlik (ishtirokchilar o'zaro kelishib olgan holda raqobat muhitiga ta'sir etishi) holati 419 tani tashkil etmoqda.

    AOKAda o'tkazilgan brifingda Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi boshqarma boshlig'i Mirzohid Komilov davlat xaridlarini yanada liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.

    Aniqlangan qonunbuzilishlari quyidagilardan iborat:

    — savdolar o'tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish – 1823 ta holat;

    — ishtirokchilar o'rtasida affillanganlik (ishtirokchilar o'zaro kelishib olgan holda raqobat muhitiga ta'sir etishi) – 419 ta holat;

    — buyurtmachi va ishtirokchi o'rtasida manfaatlar to'qnashuvi – 139 ta holat;

    — buyurtmachi va ishtirokchi o'rtasidagi kelishib olingan harakatlar – 130 ta holat.

    Shuningdek, ushbu davrida Qo'mita va hududiy boshqarmalarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xaridlari sohasida 101 ta murojat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar asosida o'tkazilgan tahlil natijasida 67 ta tanlov (tender) savdoda 92 ta raqobatga zid holat aniqlangan.