Yong'in 15-avgustga o'tar kechasi boshlangandi, dedi orol hukumati rahbari Rosa Davila ijtimoiy tarmoqlarda.

Uning so'zlariga ko'ra, hozir tabiiy ofat nazorat ostida.

Yong'in deyarli 15 ming gektar yashil maydonga zarar yetkazdi. 12 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Yuzlab o't o'chiruvchilar alanga bilan kurashdi. Yuzlab obyektlarga zarar yetdi.

Avvalroq Kanar orollari hukumati rahbari Fernando Klavixo Tenerifedagi o'rmon yong'inini so'nggi 40 yildagi eng jiddiy yong'in deb atagan edi. Rasmiylar yetkazilgan zararni 80,4 million yevroga baholagan, deb xabar beradi mir24.tv.