Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Chirchiq shahrida yashovchi ayol (1997-y.t. K.A.) hududiy IIBga ariza bilan murojaat qilib, turmush oʻrtogʻi (1983-y.t. Sh.A.) soʻngi vaqtlarda oʻzgarib qolgani, farzandiga nisbatan tazyiq oʻtkazgani va uy hayvoni (mushuk)ga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlayotganini bayon qilgan (shu mazmundagi murojaat ijtimoiy tarmoqlarga ham tarqatilgan).
Mazkur holat IIB xodimlari va mahalla masʼullari ishtirokida xonadonga borgan holda oʻrganilgan va tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Aniqlanishicha, xonadonda xabarda qayt etilgani kabi, “hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish” bilan bogʻliq holat aniqlanmagan. Ammo, bundan taxminan 10-15 kun uyda boqayotgan mushugi eʼtiborsizlik oqibatida kir yuvish mashinasi ichida qolib ketgani maʼlum boʻlgan.
Murojaatni yoʻllagan uning turmush oʻrtogʻi (ayoli) bilan bogʻlanilganda, u hozirgi kunda Toshkent shahrida ekanligini maʼlum qilgan. Ayolga holat yuzasidan tushuntirish berilib, unga himoya orderi taqdim etish hamda farzandiga nisbatan tibbiy ekspertiza tayinlash boʻyicha hujjatlar tayyorlangan.
Shuningdek, fuqaro (Sh.A.) 13 yildan beri, qon bilan bogʻlik kasallik bilan davolanib kelishi (Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi maʼlumoti) hamda zarur dori vositalari va amaliyotlarni oʻzi qoʻllashi maʼlum boʻlgan (ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan surat).
Fuqaroning soʻzlariga koʻra, turmush oʻrtogʻi bilan boʻlayotgan kelishmovchilik sababli, bu holat turlicha talqin qilinib, ayrimlarida vahimali tus berilib internet tarmoqlariga tarqatilgan (https://t.me/nemolchiuz/8834).
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi