Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi sentyabr oyida Amerika Qoʻshma Shtatlariga safar qiladi.
Safar doirasida Srechko Katanes shogirdlari AQSh VA Meksika terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Oʻyinlar 10 va 12-sentyabrga moʻljallangan.
Eslatib oʻtamiz, ikkinchi raqibimiz Meksika yaqinda yakuniga yetgan KONKAKAF chempionatida gʻolib boʻldi.