Jumladan, terma jamoamiz bokschilari 2018-yilda 32 ta oltin, 23 ta kumush, 25 ta bronza, jami 80 ta medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich 26 ta oltin, 21 ta kumush va 48 ta bronza, jami esa 95 taga yetgan.
2020-yilda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq holat, yaʼni aksariyat musobaqa va chempionatlarning bekor qilinishi tufayli bokschilarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medalga ega chiqishgan. Oʻtgan 2021-yili esa mahoratli charm qoʻlqop ustalarimiz 29 ta oltin, 17 ta kumush, 27 ta bronza, jami 73 ta medalni qoʻlga kiritgan.
Eʼtiborli jihati, 2022-yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bokslari 45 ta oltin, 21 ta kumush, 25 ta bronza, jami hisobda 91 ta medalga sazovor boʻldi. Bu, medallar jamgʻarish boʻyicha 2019-yildagi koʻrsatkichdan kam boʻlsada, soʻnggi besh yillikda qoʻlga kiritilgan oltin medallar boʻyicha eng yuqori natijadir. Qolaversa, bu natijani yaxshilash uchun hali oldinda yil yakuniga qadar yaxshigina imkoniyat bor.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining erishgan bu kabi muvaffaqiyatlari haqida Milliy Olimpiya qoʻmitasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston boks federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasida maʼlum qilindi.