Joriy yilning 6-12-may kunlari Qozogʻistonning Olma-Ota shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha kattalar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo Chempionati oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etib, 5 ta medalni qoʻlga kiritdi. Turnirda vakillarimiz 1 ta oltin va 4 ta kumush medal sohiblari boʻlishdi.
Musobaqada ayollar elita toifasida yakkalik poygasida, Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova.
Elita toifasida mikst-eftafeta bahslarida Murodjon Xolmurodov, Daniil Yevdokimov, Begzod Raximboyev, Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Margarita Misyurina.
Yoshlar oʻrtasida mikst-eftafeta bahslarida Alimardon Jamoliddinov, Muhriddin Safarov, Begzod Bahodirov, Samira Ismoilova, Viktoriya Polzunova, Madina Davronova.
Yosh qizlar oʻrtasida yakkalik dasturida esa Samira Ismoilovalar munosib oʻrinlarni egallab, chempionlar safidan joy oldilar.