Xalqaro xabga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:
● gumanitar yordam koʻrsatish maqsadida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
● gumanitar yordamni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni taʼminlash;
● yuklash-tushirish ishlari, yuklarni tashish va saqlashni oʻz ichiga olgan kompleks transport-logistika xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etish.