Mazkur hududda hozir vaziyat yumshagani haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagi mazmunda rasmiy bayonotini eʼlon qildi:
2021-yil 15-avgust soat 10.00 holatiga koʻra, Termiz — Hayraton koʻprigi hududida vaziyat yumshadi.
Xususan, koʻprikning Afgʻoniston qismida toʻplangan Afgʻoniston fuqarolarining asosiy qismi koʻprikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan. Bunga faol siyosiy va diplomatik saʼy-harakatlar, shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erishildi.