Markaziy harbiy okrug va Oʻzbekiston qurolli kuchlari maxsus guruh harbiy xizmatchilari hamkorlikda oʻtkazilgan taktik-maxsus oʻquv mashgʻulotida “jangarilar” tomonidan shartli qoʻlga olingan aholi yashash punktini ozod etdi, hamda jangarilar guruhi rahbarini asrga oldi.

Shart boʻyicha, noqonuniy jangarilar guruhi davlat chegarasini kesib oʻtgan va aholi yashash punktini bosib olgan. Razvedka maʼlumotlari olingandan soʻng MI-8 rusumli harbiy transport vertolyotidan bloklash guruhi tushiriladi. Ular jangovar pozitsiyani egallab, qoʻriqchilarni oʻqqa tutib, yoʻq qildi.

Jangarilarni yoʻq qilish, boshqaruv tizimini izdan chiqarish, shuningdek, ular orasida sarosimalikni keltirib chiqarish maqsadida minomyotchilar aholi yashaydigan punktni aniq nishonga olgan holda oʻqqa tutdi. Keyin esa 4ta “Tayfun” zirhlangan transport vositasida yetib kelgan qoʻshma maxsus guruh jangchilari binoni u yerda bekingan jangarilardan tozaladi va ularning rahbarini qoʻlga oldi. Operatsiya nihoyasiga yetgach, sapyorlar aholi yashash punktini tekshirib, u yerni minadan tozaladi.

Oʻquv –mashgʻulotining asosiy bosqichiga ikki mamlakatning 200 nafar harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa sohasi mutaxassislari, shuningdek 20 ta harbiy va maxsus texnika vositalari jalb etilgan.

Oʻquv-mashgʻuloti oʻtkazilishidan koʻzda tutilgan asosiy maqsadlardan biri — bu ikki mamlakat qurolli kuchlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va takomillashtirish, shuningdek, noqonuniy jangari guruhlarni yoʻq qilish, razvedka texnik vositalarini joriy etgan holda razvedka-jang va pistirma harakatlarini tashkil etish bilan bogʻliq maxsus operatsiyalar oʻtkazish boʻyicha tajriba almashishdan iboratdir, deb xabar beradi Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.