Termiz hayvonot bogʻida ikkita noyob jonivordan nasl olindi

    Yana bir noyob hayvon – Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro togʻ qoʻyi ham bolaladi.

    Asosan Shimoli-sharqiy Afrikada uchraydigan Afrika yoldor qoʻyi qoʻziladi.

    Ushbu noyob juft tuyoqlilar turkumiga mansub hayvon 12-17 yil yashaydi.

    Qoʻylarning bu turi oila boʻlib yashaydi. Oʻt-oʻlanlar, oʻsimliklar bilan oziqlanadi.

    Yana bir noyob hayvon – Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro togʻ qoʻyi ham bolaladi.

    Bu noyob tur Oʻzbekiston dashtlarida uchraydi. U 12-15 yil umr koʻradi.