Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, vazirlikning Toshkent va Sirdaryo viloyatlari boshqarmalari, “Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” hamda Zoologiya instituti mutaxassislari ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, mazkur itolgʻilar Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan DXX Chegara qoʻshinlari va Bojxona xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan reyd tadbiri chogʻida aniqlangan. Qushlar keyin Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasiga topshirilgan.
Veterinariya mutaxassislari va Zoologiya instituti xodimlari tomonidan koʻrikdan oʻtkazilgan qushlar sogʻlom deb topilgandan soʻng tabiiy muhitga qoʻyib yuborildi.
Itolgʻi — yoʻqolib borayotgan qushlar turiga kiradi va u Oʻzbekiston “Qizil kitobi” hamda CITES konvensiyasining II ilova roʻyxatiga kiritilgan. Bu tur, ayniqsa, koʻchib yuruvchi qushlar qatorida boʻlgani sababli, uni muhofaza qilish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi.








