Termiz muhandislik texnologiya instituti va Belarus Respublikasining Polosk davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

    Investitsiyalar 28 Aprel 2022 1162

    “Oʻzekspomarkaz” markaziy koʻrgazmalar majmuida oʻtkazilgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida bir qator manfaatli kelishuvlarga erishildi.

    Koʻrgazmada Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Belarus va Fransiyadan 200 dan ortiq yirik kompaniyalar, shuningdek, oʻrta va kichik biznes vakillari, oliy taʼlim muassasalari mutaxassislari oʻz mahsulotlarini namoyish etdi.

    Tadbir doirasida Termiz muhandislik texnologiya instituti va Belarus Respublikasining Polosk davlat universiteti oʻrtasida yirik loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

    Loyiha doirasida neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.