“Surxon Arena” sport saroyi mezbonlik qiluvchi ushbu musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan dzyudochilar gʻoliblik yoʻlida tatamiga chiqadi.
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasidan maʼlum qilishlaricha, uch kun davom etadigan mamlakat kubogida ayni paytdagi oʻz vazn toifalarining birinchi raqamli dzyudochilari ishtirok etmaydi. Chunki ular hozirda Samarqand va Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida Gruziya hamda Xorvatiyadagi xalqaro turnirlarga tayyorgarlik koʻryapti.
Bugun Oʻzbekiston kubogida dzyudochilarni roʻyxatdan oʻtkazish, beshta vazn toifasi uchun vazn oʻlchash hamda qurʼa tashlash marosimlari boʻlib oʻtadi. Ertaga musobaqaning birinchi kuni erkaklar oʻrtasida -60, -66, ayollarda esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida gʻolib hamda sovrindorlar nomi maʼlum boʻladi.