Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudida I. Xudoyberdiyev (1981-yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan, Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 18 nafar sudlanuvchi) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boʻlib oʻtmoqda.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 25,167, 167, 168, 184, 28,205, 205, 206, 28,209, 209, 210 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Qoʻshimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni boʻyicha beriladi.

Avvalroq Bosh prokuratura davlat va jamiyat hamda tadbirkorlarning manfaatlariga 35,6 mlrd soʻm zarar yetkazgan Termiz shahar hokimiyati sobiq mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabar bergandi.