“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, kecha, 9-dekabr kuni Termiz bekatidan joʻnagan 79-sonli “Termiz – Toshkent” yoʻlovchi poyezdi “Jarqoʻrgʻon-Qumqoʻrgʻon” va “Qumqoʻrgʻon-Boysun” peregonida tashqi elektr tarmogʻidan elektr energiyaning oʻchganligi sababli 3 soat 40 daqiqa toʻxtab qolgan.
Poyezd Toshkent shahriga oʻz vaqtidan 2 soat 10 daqiqaga kechikib borgan.
“Yoʻlovchilarga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, deyiladi xabarda.