Loyiha Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Tadbir Xitoy kompaniyasi bilan 15-oktyabrda oʻtkazilgan muzokaralar natijasida tashkil etildi va “Huamian Taifeng Termiz” MCHJ faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Tantanali marosimda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov, Xitoydan kelgan delegatsiya, sektor va soha mutasaddilari hamda mahalliy faollar ishtirok etdi.
Loyihaning umumiy qiymati 96 million dollar boʻlib, u doirasida 300 ta doimiy ish oʻrni yaratilishi, shuningdek, yillik eksport hajmi 12 million dollarga yetkazilishi rejalashtirilgan. Loyiha Termiz tumanidagi olis Gulbahor mahallasida amalga oshirilib, ish oʻrinlari asosan mahalliy aholi hissasiga toʻgʻri keladi.
Maʼlumot uchun, Anhui Wende Holding Group kompaniyasi Markaziy Osiyoda qishloq xoʻjaligi va sanoat zanjiriga ixtisoslashgan yirik loyihalarni amalga oshirayotgan yetakchi korporatsiya hisoblanadi. U yuqori sifatli ishlab chiqarish maydonlarini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash va qishloq xoʻjaligi sanoat zanjirini toʻliq integratsiya qilishni maqsad qiladi.








