Jumladan, bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 7 ta gaz toʻldirish inshooti boʻlgan boʻlsa endilikda ular soni yana bittaga koʻpaydi. Ularning oylik gaz toʻldirish quvvati 7 ming 800 tonnani, gaz saqlash quvvati esa 1 ming 200 tonnani tashkil etadi. Bugundan oʻz faoliyatini boshlagan mazkur stansiya mazkur tuman va Termiz shahar hamda Angor tumanining 25 ming 436 ta isteʼmolchisiga xizmat koʻrsatadi.
Aytish kerakki, ushbu stansiyada 12 nafar mutaxassis oʻz ish faolyatini boshladi. Stansiyada bir kunda 30-35 tonna, bir oyda esa 500-600 tonna suyultirilgan gaz toʻldirishga moslashtirilgan. Bu gaz ballon hisobida 15 mingtani tashkil etadi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan yangi tashkil etilgan gaz toʻldirish stansiyasi aholiga qulaylik yaratdi. Mazkur gaz toʻldirish inshootiga Shoʻrtan va Muborak gaz korxonasidan temir yoʻl orqali gaz yetkazib beriladi. Oʻz navbatida, bu yerda uni qabul qilib olish, joylashtirish, saqlash uchun yetarli sharoit ham yaratilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Termiz shahrida 4925 ta, Termiz tumanida 13 ming 100 ta, Angor tumanida 7411 ta gaz isteʼmolchisi bor. 2022-2023-yillar kuz va qish mavsumida viloyatdagi gaz isteʼmolchilariga 38 ming 348 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan boʻlsa, 2022-yil holatiga koʻra 75 ming 155 tonna, joriy yilning yanvar oyida 6 ming 172 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
Shuningdek, gaz toʻldirish stansiyasidagi har bir jarayon jumladan, gaz saqlash, uning xavfsizlik choralari, gaz ballon toʻldirish va ballonlardagi qoldiqlarni boʻshatish texnologiyalarini doimiy kuzatib turadigan 9 ta video kameralar nazorat qilib boradi.