Bu haqda FVBga soat 14:01 da xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:10 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 14:15 da qurshab olingan va soat 15:20 da oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida taxminan 70-80 kv.m maydonda omborxonaning ichida boʻlgan koʻmir mahsuloti yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.
Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.