Qalandarov Shuxrat Iskandarovich Termiz tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Shuxrat Qalandarov 1981-yilda Denov tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2015-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi soliq akademiyasini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.