Xonadon egalari erta bahordan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirib, mahalliy bozorlarni sifatli meva-sabzavot va poliz ekinlari bilan taʼminlab kelishmoqda. Yetishtirilgan mahsulotlarini chet davlatlarga, xususan Qozogʻistonga eksportga yoʻnaltirib, qoʻshimcha daromadlarini ham koʻpaytirib borishmoqda.

“2022-yilning yanvar-may oylari davomida Termiz tumanidan 8 828 tonna meva-savbzavot mahsulotlari xorijga eksport qilindi”, deb xabar beradi tuman hokimligi axborot xizmati.