Bu haqida Surxondaryo viloyati axborot xizmati xabar berdi.

O'rganishlar asnosida tikuvchilikka qiziqishi bo'lgani sabali, 80 nafar xotin-qizga tikuv dastgohlari bepul tarqatildi. Endilikda, ular uyda o'tirgan holda o'zlarini band qilishlari va oilalariga qo'shimcha daromad olib kirish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Ma'lumot uchun, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turmush sharoitini yaxshilash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.