Termizda baxshi, oqin va jirovlarning respublika festivali boshlandi

    Ayni paytda Termiz shahridagi Surxondaryo Sanʼat saroyida Respublika baxshi, oqin va jirovlarning festivali boʻlib oʻtmoqda.

    Festivalda baxshichilik va dostonchilik sanati yoʻnalishida ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan olim va mutaxassislar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardan 70 dan ortiq baxshi, oqin va jirov ijrochilari hamda festival doirasida boʻlib oʻtadigan koʻrik-tanlovni xolisona baholab borish maqsadida soha olimlari va mutahasislaridan iborat 7 nafar hakamlar hayati aʼzolar ishtirok etishmoqda.