Bundan tashqari, “Termiz konselyariya mollari” MCHJ tomonidan yiliga 15 ming dona televizor, “Indenim tekstil” MCHJ tayyor toʻqimachilik, umuman esa, eksportbop hamda import oʻrnini bosuvchi sanoat, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha jami 120 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Buning natijasida yiliga 2,3 trilion soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 250 million dollar qiymatidagi mahsulotlar xorijga eksport qilinadi, 25 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.