Termizda gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda

    Sanoat 12 Noyabr 2020 4164

    Termiz tumani “At-Termiziy” mahallasida “Termez National Carpets” MCHJ tomonidan gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi qurilmoqda.

    Loyihaning umumiy qiymati 195,08 mlrd. soʻm boʻlib, 15,4 mln. dollar xorijiy kredit liniyasi hamda 38,0 mlrd. soʻm tashabbuskorning oʻz mablagʻlari jalb qilingan.

    Loyihani toʻliq ishga tushirilishi hisobiga yiliga 4,5 mln. kv. m gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqariladi.

    Loyihani ishga tushirish hisobiga 250 ta doimiy ish oʻrinlari yaratiladi.

    Loyiha 2020-2021-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

    Yiliga 15,3 mln. dollarlik yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning 45 foizi chet davlatlarga eksport qilinadi.
    Jumladan:
    Rossiya
    Afgʻoniston
    Qozogʻiston
    Tojikiston
    Qirgʻiziston kabi davlatlarga gilam va gilam mahsulotlari yetkazib berish rejalashtirilgan.