Anjumanda Italiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Agostino Pinna, “Veneto” savdo uyining asoschisi va rahbari Sergey Surkan, Surxondaryo viloyati mahalliy hokimiyati vakillari ishtirok etdilar.
6 oy davomida tayyorlangan ushbu loyiha Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti sohasida hamkorlikni faollashtirish imkonini beradi. Xususan, ipak, tekstil mahsulotlari va quritilgan mevalarning Italiyaga eksporti hamda mamlakatimizga Italiya investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarini jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelajakda shu kabi savdo uylarini Qarshi hamda Toshkent shaharlarida ham ochish rejalashtirilgan.
Tadbirda Italiya Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini taʼkidlandi. Shuningdek Italiya Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi hal qiluvchi hamkor sifatida tan olishi eslatildi. Va Oʻzbekiston hududlarining faol rivojlanishi eʼtirof etildi.
Anjuman davomida Termiz shahar hokimyati vakillari tomonidan “Veneto” savdo uyining rasman qayd etilganligi eʼlon qilindi. Va bu haqda ishtirokchilarga tegishli hujjat taqdim etildi.
Tadbirda shuningdek, qattiq chiqindilarni qayta ishlash, zirhli, ekranlashtirilgan, yongʻinga bardosh beruvchi, kabellar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, samolyot va teletibbiyotga xizmat koʻrsatish kabi qoʻshma loyihalarni hamkorlikda ishlab chiqish haqida soʻz yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari “Veneto” savdo uyini tuzish konsepsiyasiga kiritilgan gʻoyalar Oʻzbekistonning manfaatdor idoralari va mahalliy hokimiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi natijasida muvaffaqiyatli amalga oshishiga ishonch bildirdilar.