Termizda “Janub-2021” Oʻzbekiston — Rossiya qoʻshma oʻquvlariga start berildi

    Harbiy 3 Avgust 2021 907

    Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirliklari tomonidan ikki davlat oʻrtasidagi harbiy maqsadga moʻljallangan hamkorlik rejasiga muvofiq joriy yil 30-iyuldan 8-avgustga qadar “Termiz” okrug dala oʻquv maydonida birgalikdagi Oʻzbekiston va Rossiya oʻquvi oʻtkazilyapti.

    2-avgustda “Termiz” poligonida “Janub-2021” Oʻzbekiston — Rossiya qoʻshma oʻquvining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Oʻquvning asosiy maqsadi ikki davlat harbiy boshqaruv organlarining hamkorlik tizimini takomillashtirish, xavfsizlikni taʼminlash masalalari yuzasidan tajriba almashish kabilardan iborat.
    Oʻquvning tantanali ochilishida Oʻzbekiston Respublikami Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov va Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi shtab boshligʻining oʻrinbosari general-mayor Nikolay Tereщyenko coʻzga chiqib, oʻzaro hamkorlikning muhim jihatlari va oʻquvdan koʻzlangan asosiy maqsadlar yuzasidan toʻxtalib oʻtdi.
    Kuni kecha oʻquv-yigʻin ishtirokchilari rejaga muvofiq viloyatning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdi. Xususan, Arxeologiya davlat muzeyi, surxon etnomadaniyatini oʻzida aks ettirgan majmualar barchada chuqur taassurot qoldirdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.