– Bu institutning zamini bor. Chalasavodlar emas, shu sohalarni mukammal biladiganlar dars berishi kerak”, dedi davlat rahbari.
Davlat rahbari 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, ushbu yangi institutda qurilish va geologiya sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash boshlanishini qayd etdi.
Institut qoshida Boysun tumanida koʻp tarmoqli texnikum tashkil etilib, konchilik, pillachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari uchun oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash ham yoʻlga qoʻyiladi.