AQSHning Filadelfiya shahrida joylashgan “Theoretical & Applied Science” (Nazariy va amaliy fanlar) nomli Xalqaro ilmiy jurnalda Termiz arxeologiya muzeyi numizmatika fondi toʻgʻrisida maqola chop etildi. Har oyning soʻngida nashr etiladigan mazkur xalqaro ilmiy jurnal 45 dan ortiq xalqaro ilmiy maʻlumotlar bazasi asosida tashkil etilgan.

Maʻlumot uchun, bugungi kunda Termiz arxeologiya muzeyi fondida 28 mingdan ortiq turli davrlarga oid tangalar saqlanadi. SHulardan 12 mindan ortigi aynan Amir Temur va temuriy hukmdorlar tomonidan Movarounnahr va Xurosonning turli shaharlarida zarb etilgan tangalar hisoblanadi.