Termizda noyob tarixiy topilma topildi

    Fan 15 Iyun 2022 1298

    Bugun, 15-iyun kuni Termiz shahrida yoʻl qurilishi paytida tasodifan noyob tarixiy topilma 2 dona koʻza topildi.

    Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi matbuot xizmti xabariga koʻra, mazkur qadimgi topilma oʻrta asrlar davriga taaluqli.

    Ushbu topilmalar Surxondaryo viloyati koʻpriklardan foydalanish muassasasi ishchilari Sh.Karimov hamda A.Matiyevlar tomonidan topilgan va Termiz arxeologiya muzeyiga habar berishgan.

    Murojaatga javoban Termiz arxeologiya muzeyi ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Xudoyberdiyev va umumiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari A. Chariyevlar voqea joyiga borishib eksponatlarni muzey fondiga qabul qilib olishdi.

    Sopol koʻzalar sirtiga turli naqshinkor boʻrtma bezaklar mohirona tushirilgan. Hozirda bebaho topilmalar muzey restavratsiya boʻlimida taʼmirlanmoqda.