Terrorchilik tashkiloti safiga qo'shilishga uringan shaxslarga nisbatan sud hukmi o'qildi

    Xavfsizlik 3 Dekabr 2022 1205

    Ular Suriya hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo'shilmoqchi bo'lishgan.

    Xorazm viloyati, Xiva shahrida yashovchi 4 nafar 2002-2004 yillarda tug'ilgan yoshlar “R.J.”, “S.O.”, “K.M.” va “X.A.”lar Internet tarmog'ida “Sodiq Samarqandiy”, “Abdullox Buxoriy” va “Abdullox Zufar” taxallusidagi shaxslarning ma'ruzalarini tinglashi oqibatida aqidaparastlik g'oyalari ta'siriga berilgan hamda Suriya hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo'shilish fikri tug'ilgan.

    Shu maqsadda, ular keyinchalik Internet orqali terrorchilik tashkilotlari a'zolari bilan aloqa o'rnatib, ularning yo'l-yo'rig'i va ko'magida jangarilar lageriga chiqib ketishni rejalashtirganlar.

    Mazkur fuqarolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borildi. Jinoyat ishlari bo'yicha Xorazm viloyati sudining 2022 yil 22 iyul` kunidagi hukmiga binoan ushbu shaxslar turli muddatlarga jinoiy javobgarlikka tortildilar.

    Shu o'rinda, vatandoshlarimizdan muqaddas dinimizni buzib talqin qilayotgan yuqoridagi kabi “mafkurachi”larning go'yoki “chiroyli” ma'ruzalari ta'siriga berilmasliklarini so'raymiz. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday targ'ibot resurslaridan foydalanish amaldagi qonunchilikka ko'ra javobgarlikka sabab bo'lishini eslatib o'tamiz.

    Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati