Ularning taʼsirida 2019-yilda Suriyaga borib, “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qoʻshilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.M. xorijda ushlanib, Oʻzbekistonga olib kelindi.
Hozirda unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash lozimki, Jinoyat Kodeksining 10-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga muvofiq, hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.