Ekspertning fikricha, bugungi kunda terrorizm uchun qulay shart-sharoit yaratilishining oldini olishga qaratilgan ishlar jamoatchilik fikrini oʻzgartirdi, terrorizmga qarshi “qatʼiy” strategiyalarni amalga oshirishda nafaqat idoralararo, balki butun jamiyat yondashuvi muhim ahamiyatga ega.

Binobarin, “zoʻravon ekstremizm” atamasiga taʼrif berishdagi huquqiy boʻshliq hali-hamon jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda ekstremizmga qarshi yondashuv faqat huquqni muhofaza qilish idoralariga tegishli, degan qarash mavjud boʻlib, bu terrorizmga qarshi kurashga fuqarolik jamiyatini jalb etishga toʻsqinlik qilmoqda.

Ekstremizmga qarshi kurash jarayonida gender mezonini kuchaytirishga ham jiddiy ahamiyat berish lozim. Zero, gender jihatlari hisobga olinmagan yoki notoʻgʻri ishlab chiqilgan siyosat ijtimoiy guruhlar yanada kengayishiga olib keladi.

Ayni yoʻnalishda YEXHT vakillari “Liderlar toqatsizlik va zoʻravon ekstremizmga qarshi” (LIVE) tashabbusi orqali Janubi-sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi fuqarolik jamiyatining 700 nafar vakili, ayollar, yoshlar va jamoat yetakchilari bilan maslahatlashdilar.

Bundan tashqari, tashkilot Markaziy Osiyo aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil etgani uchun ekstremizmga qarshi kurashda yoshlarga alohida eʼtibor qaratmoqda. Hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan raqamli transformatsiya jarayonida yoshlar faol ishtirok etadi. Shu sababli, mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlash qobiliyati onlayn radikallashuvning oldini olishda muhim oʻrin tutadi.

Shu munosabat bilan YEXHT davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari uchun, ayniqsa, yoshlarda mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish boʻyicha oʻquv moduli ishlab chiqmoqda.
Xullas, YEXHT vakili Feyzo Numanaya taʼkidlaganidek, Toshkent konferensiyasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning umumiy yoʻlini belgilash, inson huquqi va asosiy erkinligi bilan bogʻliq strategiyani ishlab chiqish va butun dunyo boʻylab amalga oshirish uchun katta imkoniyat yaratadi.