Tesla Semi elektr yuk mashinalarida tormoz tizimi bilan bog'liq nosozlik aniqlandi.
Milliy yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi (AQSH) veb-saytiga ko'ra, Tesla 35 ta Semi elektr yuk mashinasini qaytarib oladi. Muammo elektron modulning noto'g'ri ishlashi tufayli qo'l tormozning ishlamay qolishi mumkinligi bilan bog'liq. Mutaxassislarning fikricha, nosoz uskunalar havoning sizib kirishiga sabab bo'ladi, buning natijasida qo'l tormozi to'satdan o'chib qolishi mumkin.
Tekshiruv davomida muammo 2022-yil 30-noyabrdan 2023-yil 28-fevralgacha ishlab chiqarilgan 35 ta Tesla avtomobiliga o'rnatilgan Bendix Commercial Vehicle Systems uskunasi bilan bog'liq ekani ma'lum bo'ldi. Tesla avtomobillaridan tashqari, Bendix uskunalari 836 ta mashinaga o'rnatilgan bo'lib, hammasi qaytarib olindi.
Hisobotda aytilishicha, Bendix fevral oyi boshida muammoni aniqlagan va keyin bu borada tekshiruv o'tkazgan Tesla kompaniyasiga xabar bergan. Korporatsiya mashinalarni qaytarib olish kampaniyasi boshlanishi haqida avtomobil egalarini 23-may kuni xabardor qiladi.
Tesla Semi elektr yuk mashinalari 2017-yilda taqdimot qilingan, ammo avtomobillar ishlab chiqarish 2022-yil noyabr oyida boshlangan. Tesla dekabr oyida elektr yuk mashinalarni yetkazib berishni boshladi, deb xabar beradi lenta.ru.