Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi Shanxayda joriy etilgan karantin tufayli Xitoydagi zavodda ishlab chiqarishni toʻxtatdi. Shaharning Tesla zavodi joylashgan qismi koronavirus bilan kasallanganlar soni ortgani sababli yopildi.

Teslaʻning Xitoydagi zavodi kompaniyaning AQSHdan tashqaridagi birinchi zavodi boʻlib, oʻtgan yili Yevropa va Osiyoga yetkazib bergan elektr transport vositalarining yarmidan koʻpini ishlab chiqargan. Xitoyning oʻzi Tesla uchun asosiy bozorlardan biridir.

Tesla mamlakatda Gigafactory yonida joylashgan ikkinchi zavod qurishni rejalashtirmoqda. Tesla birinchi bosqichda ishlab chiqarish quvvatini ikki baravar oshirish niyatida (yiliga 1 million avtomobilgacha).

Shanghai Gigafactory yiliga 500 mingta elektromobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan quvvatiga yetishga yaqin turibdi. Oʻtgan yili u 484 ming dona avtomobil ishlab chiqargan (Model 3 va Model Y), shundan 160 mingga yaqini asosan Germaniya va Yaponiyaga eksport qilingan, deb yozadi sof.uz.