Tesla halokatli baxtsiz hodisa bo'yicha sudda g'alaba qozondi

    Jabrlangan tomon kompaniyadan 400 million dollar tovon undirmoqchi boʻlgan.

    Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻlim bilan yakunlangan yoʻl-transport hodisasi boʻyicha sudda gʻalaba qozondi. Kompaniya Tesla avtomobiliga oʻrnatilgan avtopilot fojiaga sabab boʻlganlikda ayblangan.

    Baxtsiz hodisa 2019 yilda sodir boʻlgan. Tesla egasi Maykl Li oʻzining Model 3 mashinasini Los-Anjeles yaqinida haydab ketayotganda toʻsatdan avtomobil yoʻldan soatiga 105 km tezlikda chiqib ketib, palma daraxtiga borib urilgan va yonib ketgan. Li halok boʻldi, uning ikki yoʻlovchisi, jumladan, sakkiz yoshli bola ogʻir yaralandi.

    Ular Model 3 ishlab chiqaruvchisidan jarimalarni hisobga olmaganda sud orqali 400 million dollar tovon undirishni istagan. Tesla ayblovlarni rad etdi: Li sayohatdan oldin spirtli ichimlik isteʼmol qilgan va u avtopilotni ishga tushirgani aniqlanmagan.

    Hakamlar hayʼati mashinada hech qanday nuqson topilmaganini bildirdi. Shuningdek, Teslani yana bir nechta shunga oʻxshash sud jarayonlarini kutmoqda.