Kompaniya transport vositasining boshqarish dasturidagi nosozlik tufayli yangi 10.3 versiyasini qaytarib olishga majbur boʻldi. Bu haqda Ilon Mask Twitterdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Biz 10.3 versiyasida baʼzi muammolarni koʻrmoqdamiz, shuning uchun vaqtincha 10.2 versiyaga qaytmoqdamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avtopilot 10.3 versiyasining beta-sinovi 14-oktyabrda boshlangan. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, 99 balldan 100 ballgacha boʻlgan xavfsizlik reytingini baholashda avtopilot egalari qatnashish imkoniyatiga ega boʻldi.
Sinov ishtirokchilari avtopilotning baʼzi foydali funksiyalari, kruiz nazorati muammolari, avtomobil oldi qismiga yetadigan zarar haqida notoʻgʻri ogohlantirish va vaqti-vaqti bilan kuzatilgan boshqa nosozlik haqida xabar berishgan.