Tesla odamga o'xshash robotning ikkinchi avlodini ishlab chiqdi

    Tesla odamga o'xshash qilib ishlangan robotning ikkinchi avlodi – Optimus Gen 2 ni taqdim etdi, u odamlar qiladigan ba'zi vazifalarni bajarishga mo'ljallangan.

    Odamga o'xshash robotning yangi versiyasi 30 foiz tezroq yura oladi. Kompaniya robotning muvozanatini yaxshilash uchun uning og'irligi o'n kilogrammga kamaytirilganini ma'lum qildi.

    Qayd etilishicha, odamga o'xshash robotni ishlab chiqishda eng qiyin ish – uning qo'llarini yasash. Ular sezilarli og'irlikni ko'tarish uchun yetarli darajada kuchli bo'lishi kerak, ammo nozik narsalarni boshqarish uchun undan yetarlicha aniqlik talab etiladi. Shu bois, Tesla robot ikki barmog'i bilan tuxumni bir qo'ldan ikkinchisiga qanday o'tkaza olishini namoyish etdi.

    Kompaniya yaqin orada robotdan o'z ehtiyojlari uchun foydalanishni boshlashini ma'lum qildi. Robotning foydali ekani isbotlagandan so'ng, uni sotishni boshlash rejalashtirilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.