Bu haqda Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask Ostinda (Texas) bo'lib o'tayotgan aksiyadorlarning yillik yig'ilishida aytib o'tgan.
Maskning fikricha, odamsimon robotlarning avtonomiya darajasi tez orada sezilarli darajada oshishi mumkin – ularga og'zaki topshiriq berish yoki qandaydir harakatni ko'rsatish va ulardan ham xuddi shunday qilishni so'rash yetarli bo'ladi. Mask Optimus robotlarining kelajak avlodlari xuddi odamlar kabi videolarni tomosha qilish orqali yangi ko'nikmalarga ega bo'lishlarini istisno qilmadi.
Mask robot ishlab chiqish g'oyasini 2021-yil avgust oyida e'lon qilgan edi. O'sha paytda taqdim etilgan loyihaga ko'ra, Optimus odam kabi baland bo'lib, taxminan 20 kilogram og'irlikni ko'tara oladi va odamga kundalik ishlarida yordam beradi.
2022-yil oktabr oyida Tesla rahbari odam shaklidagi Optimus robotining prototipini taqdim etdi. Keyin robot sahnaga chiqdi va zalda hozir bo'lganlarga qo'l silkitdi, Mask robotning gullarni sug'orayotgan videosini ham namoyish etdi, deb xabar beradi report.az.