Teslaning raqobatchisi kuchaymoqda

    Endi u eng tez quvvatlanuvchi elektromobil chiqardi

    Teslaning “qotili” sifatida koʻrilayotgan XPeng (Xitoy) kompaniyasi yaqinda oʻz avtopilot tizimini ishlab chiqqandi. Engadget yozishicha, xitoylik avtomobilsoz endi butkul yangicha elektromobili bilan hayratga solmoqda — G9 SUV.

    XPeng kompaniyasi bayonotiga koʻra, yangi elektromobil juda tez quvvat oladi — bunaqasi hali global bozorda yoʻq. G9 SUV 10 foizdan 80 foizgacha quvvat olishi uchun atigi 15 daqiqa kifoya. Mashina 5 daqiqa quvvat olsa 200 kilometr yoʻl bosishga yetadi.

    Xitoyliklar ushbu natijaga 480 kVt quvvatlagich orqali erishishdi. Solishtirish uchun: AQSHda maksimal ruxsat etilgan quvvat — 350 kVt, bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning shashtini soʻndirmoqda.