«Test sinovlarini tugatish uchun eng oxirgi muddat 13-sentabr etib belgilangan. Ayrim viloyatlarda bundan oldinroq ham imtihon yakunlanadi. Masalan, Farg'ona viloyatida 11-sentabrda tugaydi.

Bundan tashqari, tana harorati yuqori abiturientlar uchun alohida imtihon tashkil etish ko'zda tutilgan. Agar ob-havoda o'zgarish bo'lmaydigan bo'lsa, bunday abiturientlar uchun 17-sentabr kuni imtihon tashkil etilishi rejalashtirilgan», – dedi u.

DTM rasmiysining qayd etishicha, 17-sentabrdan so'ng bir hafta ichida tanlovlar o'tkaziladi. Bu 24 sentyabrgacha bo'lgan vaqt. Mana shu muddatda, ya'ni 24 sentyabrgacha tanlov natijalarini, ya'ni abiturientlarning talabalikka qabul qilingani haqidagi natijalarni e'lon qilish rejalashtirilgan.

«Appelyatsiya shikoyatini ham tanlov natijalari e'lon qilingandan so'ng yuborish mumkin bo'ladi. Hozir bu shikoyat arizasini ham onlayn formatda qilish rejalashtirmoqda», – deya qo'shimcha qildi Barno Rajabov.