Greypfrut kattaligidagi do'l yog'ishidan elektr uzatish liniyalari zarar ko'rdi. Shtatda ob-havoning beshta xavfli darajasidan uchinchisi e'lon qilindi.

O'nlab avtomashinalarning oynalari singan, do'l chuqur izlar qoldirgan. Yakshanba kunidan beri Texasda yomon ob-havo hukm surmoqda. Shtatda kuchli yomg'ir yog'moqda, shamolning tezligi sekundiga 30 metrga etadi. Sinoptiklar bo'ron jumagacha davom etishini taxmin qilmoqda. Bundan tashqari, tornado, momaqaldiroq va toshqinlar yuzaga kelishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.