Texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar toʻlash yoʻlga qoʻyiladi

    Siyosat 15 Sentabr 2025 552

    Davlatimiz rahbari texnikumdagi muallim va ustalarning malakasini, jamiyatdagi mavqeini oshirish boʻyicha ham yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

    Jumladan, maktabdagi kabi texnikumlarning oʻqituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.

    Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama toʻlanadi.

    Shu bilan birga, texnikum direktori va oʻrinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam boʻlmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qoʻshimcha 20 foiz ustama toʻlanadi.

    Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

    Har yili 500 nafar muallim ilgʻor xorijiy taʼlim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.