Texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra koʻpaytiriladi

    Siyosat 15 Sentabr 2025 461

    Muloqotda dual taʼlim bilan qamrov 5 barobar oshirilishi taʼkidlandi.

    Hamkor korxonalarni ragʻbatlantirish maqsadida ularga 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit ajratilib, dual taʼlim orqali ishlayotgan oʻquvchilar boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlov ikki barobar qisqartiriladi.

    Ayni paytda yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish, xorijiy investorlar bilan erkin muloqot qilish uchun chet tillarini oʻqitish juda muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

    Shu bois, texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra koʻpaytiriladi.

    Umuman, kelgusi yildan yangi raqamli platforma ishga tushiriladi.

    Unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy koʻnikmalari haqidagi barcha maʼlumotlar nafaqat oʻzimizning, balki xorijiy ish beruvchilar uchun ham ochiq-oshkora boʻladi.