13-may kuni al-Xorazmiy maktabida Women Techmakers Tashkent jamoasi tomonidan texnologiyalarga bag'ishlangan festival tashkil etildi.
Festivalda dasturlash bo'yicha musobaqalar, viktorinalar, robototexnika ko'rgazmalari va kompyuter o'yinlari chempionatlari kabi ko'plab qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tdi.
Shuningdek, tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova ishtirok etib, IT sohasida yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar va bu borada xotin-qizlarning rolini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'z yuritdi.
Google Al, testlarni avtomatlashtirish, aerokosmik muhandislik va startaplar kabi 10 dan ziyod ma'ruzalarda 500 nafardan ortiq yoshlar qatnashdi.
Bundan tashqari, Epam, Super Dispatch va Appliyed Labs kompaniyalar vakillari tomonidan turli xil intervyular va mahorat darslari tashkillashtirildi.