13-14-may kunlari Rishton shahrida Turkiy xalqlar hunarmandchiligi forumi boʻlib oʻtadi. Dunyoning turli burchaklaridan 20 ga yaqin taniqli kulollar va mehmonlarning tashrifi kutilmoqda.
Forum doirasida Rishton kulolchiligi: kecha, bugun, ertaga konferensiyasi hamda kulolchilikni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan davra suhbati koʻzda tutilgan.
Tadbirda shuningdek Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining Rishton kulolchiligi kitob-albomi taqdimoti boʻlib oʻtadi.
Uchrashuv kuratori sanʼat fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti professori, Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida loyihasining ilmiy muvofiqlashtiruvchisi Elmira Valiyevna Gyul.