Olimlar kognitiv xulq-atvor terapiyasi hamda tana, asabni tinchlantiruvchi muntazam mashqlarni taqqoslab ko'rishdi. Tadqiqotda “vahima kasalligi” deb tashxis qo'yilgan 102 nafar kishi ishtirok etdi. Ular uch oy davomida haftasiga 3 marta jismoniy mashq bilan shug'ullanishdi. Bitta guruhga muskullarni bo'shashtirish, ikkinchi guruhga ma'lum bir masofaga tez, ammo interval bilan, ya'ni to'xtab-to'xtab yugurish taklif qilindi. Va bunday usuldagi mashqlar uch oy davom ettirildi.

Natijalar shuni ko'rsatdiki, mashqlarni jadallik bilan bajarish usuli samarali ta'sir qilar ekan. Sinov mashqlaridan so'ng ularda vahimaga tushish belgilari keskin kamayib ketdi. Bunday ijobiy o'zgarish kamida yarim yil saqlanib turadi.

Mualliflar so'zlariga qaraganda, jismoniy yuklamaning bunday shakli juda foydali. Jadal jismoniy mashq usullari yurakning tez urishi, xansirab qolish, ko'p terlash bilan namoyon bo'ladigan vahimani bartaraf etishning tabiiy tabiiy usulidir. Ayni paytda bu metod mijozlar uchun qiziqarli bo'lish bilan birga, hech bir moliyaviy xarajat talab qilmaydi. Muntazam shug'ullanish imkoniyatini oshiradi va barqaror natija beradi.

Shu o'rinda aytib o'tish joizki, tadqiqotchilar shirin ichimliklarni muntazam iste'mol qilish depressiya rivojlanishi xavfini oshirishini ham ma'lum qilgan edi, deb xabar berdi lenta.ru.