Hujjatga ko'ra, endilikda mazkur xizmat faoliyatini takomillashtirish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

— Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallari zamonaviy bino va inshootlar bilan ta'minlanadi; 

— Respublika tez tibbiy yordam markazining hududiy filiallari va “Call-markaz”lar jihozlanadi, infratuzilmasi yaratiladi;

— Markaziy tuman (shahar) shifoxonalari qabulxonalari shoshilinch xizmat ko'rsatishga va yuqori texnologik tibbiy jihozlar o'rnatishga moslashtiriladi;

— Tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar o'rnatiladi;

— Tez tibbiy yordam brigadalari planshetlar bilan ta'minlanadi. Bu haqida Sog'liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.