Mamlakatimizda 2016-yilda 800 ta “tez yordam” shoxobchasi va 1 ming 890 ta tez tibbiy yordam brigadasi faoliyat yuritgan boʻlsa, ayni paytda ularning soni mos ravishda 1 ming 666 ta va 2 ming 861 taga yetkazildi. Oʻtgan yilning oʻzida olis va chekka hududlardaga aholi punktlarida qoʻshimcha 60 ta “Tez yordam” shoxobchasi tashkil etildi.

Besh yil avval tarmoqda bor-yoʻgʻi 24 ta reanimobil xizmat koʻrsatar edi. 2021-yilda esa ular soni 435 taga yetkazildi. Tez yordam tizimidagi barcha avtomobillar 100 foiz GPS bilan taʼminlandi.
Yakunlanayotgan yilda 103 raqami markazlashtirildi va Muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik xizmati — Sall-markazlar toʻliq tashkil etildi.

Oʻtgan 2021-yilda dori vositalari taʼminoti normativga nisbatan 100 foizga yetkazildi va uzluksizligi taʼminlandi (2016-yilda dori-darmonlar normativdan 25-30 foizga kam va nomuntazam boʻlgan).

2021-yilda yurtimizda har 13000 nafar aholi soniga nisbatan 1 ta tez yordam mashinasi toʻgʻri keldi. Hududlarning geografik joylashuviga koʻra, qoʻshimcha sanitar mashinalar biriktirildi.

Buning natijasida chaqiruvlarga kechikib borish holatlari 10-12 foizdan 1-2 foizga kamayib, yetib borish vaqti oʻrtacha 25-30 daqiqadan 8-12 daqiqagacha qisqardi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.