“2016-yilda atigi 800 ta «Tez yordam” shoxobchasi mavjud boʻlgan boʻlsa, bugunga kelib ularning soni 1666 taga yetkazilgan. Tez tibbiy yordam brigadalari 2016-yilda jami 1648 tani tashkil qilgan boʻlsa, hozirgi kunda 2685 taga yetgan.

2016-yilda Toshkent shahri tez yordam tarmogʻida bor-yoʻgʻi 4 ta reanimobil bor edi. Birgina oʻtgan 2020-yilning 4 oyi davomida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 160 dona “Ford” rusumli reanimatsion tibbiy apparatlar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalari xarid qilindi.

Bugun esa respublikaning tez tibbiy yordam xizmatida 435 ta reanimobil mavjud. Asta-sekin tez tibbiy yordamda “Damas” rusumli avtomobillardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda».