So'ngra tez tibbiy yordam bo'limi xodimlari chaqiruvga asosan tez tibbiy yordam guruhi tarkibida bo'lgan navbatchi shifokor 28 yoshli J.O., navbatchi feld`sher V.N. chaqiruv bo'lgan joyga etib borgan vaqtda e.N. navbatchi feld`sher V.N. bilan o'zaro tortishib qolganligi sababli uni qo'llari hamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati etkazgan. SHunda, navbatchi shifokor J.O. ularni ajratmoqchi bo'lgan vaqtida e.N. shifokorni xam qo'llari xamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib unga tan jaroxati etkazgan.

Natijada navbatchi feld`sher V.N. va shifokor J.O., lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan e.N., ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, e.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki  tergov xarakatlari davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV

huzuridvagi Tergov departamenti